Bosh sahifaRaqamli hukumatO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-son Farmoniga muvofiq vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar
0+


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-son Farmoniga muvofiq vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
(2026-yil 5-oktabr holatiga)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF–117-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:
– Vazirlikning 48-I-son ichki buyrug‘iga asosan ijro intizomi uchun mas’ul boshqarma bevosita vazir bo‘ysunuviga o‘tkazildi.
– Vazirlikka kelib tushgan topshiriqlar xatlovdan o‘tkazilib, Farmon bilan tasdiqlangan Nizomning 7-bandiga muvofiq bir xil mazmundagi takrorlanuvchi topshiriqlarni nazoratdan chiqarish choralari ko‘rildi. Bu topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish hamda ularning sifatli bajarilishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
– Xatlov natijalariga ko‘ra, Nizomning 9-bandiga muvofiq 190 dan ortiq topshiriq tegishli asoslantiruvchi hujjatlar bilan nazoratdan chiqarildi.
– 2025-yil yanvar oyidan 2026-yil sentabr oyiga qadar vazirlik asosiy ijrochi sifatida belgilangan jami 4 857 ta topshiriq kelib tushgan. 2026-yil sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari ijrosi 100 foiz, Prezident Administratsiyasi rahbarining topshiriqlari ijrosi esa 97 foizga ta’minlandi.
– Xorijiy tomon ishtirokida o‘tkazilishi belgilangan tadbirlar bilan bog‘liq 5 ta topshiriq bo‘yicha xorijiy tomonning rasmiy xatlariga asosan tadbirlarni o‘tkazish muddatlari boshqa sanalarga ko‘chirildi.