Samarqand marafoni iştirokçilari uçun şaharning asosiy tarixiy obidalari bilan tanişiş imkonini beruvçi maxsus yönaliş
2026-10-28 12:00:00 / Yangiliklar

Sayohatni Göri Amir maqbarasidan boşlaş taklif etiladi. Keyin Registon maydoniga borib, tarixiy madrasalarni tomoşa qiliş va ular hovlisidagi qahvaxonalarda dam oliş mumkin. Yönalişning uşbu qismida piyoda yuriş masofasi bir kilometrdan oşmaydi.
Tuşdan keyin Şohi Zinda majmuasiga taşrif buyuriş tavsiya etiladi. Majmua hududida sayr qiliş va dam oliş uçun örindiqlar mavjud. Vaqt va jismoniy imkoniyatdan kelib çiqib, sayohatni Siyob bozoriga taşrif bilan davom ettiriş, u yerdan maşhur Samarqand nonini xarid qiliş mumkin. Piyodalar köçasida harakatlanişda golf-karlardan foydalaniş ham ortiqça kuç sarflamaslikka yordam beradi.
Marafondan keyin esa Darya Sirotina Samarqandning milliy taomlaridan tatib körişni, xususan, anzur piyoz bilan tortiladigan Samarqand oşi va tandir somsasini sinab körişni tavsiya etadi.
Eslatib ötamiz, Samarqand marafoni 7–8 noyabr kunlari Registon maydonida bölib ötadi. Iştirokçilar marafon, yarim marafon, 10, 5 va 2 kilometrlik yuguriş masofalari hamda skandinavça yuriş yönalişlarida qatnaşişlari mumkin. Röyxatdan ötiş 2 noyabrga qadar davom etadi.
Marafon Samarqandning sport turizmi salohiyatini namoyon etiş bilan birga, iştirokçilarga şaharning boy tarixiy-madaniy merosi va milliy gastronomiyasi bilan tanişiş imkonini ham yaratadi.

