Özbekiston va Turkiya texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-11-12 11:00:00 / Yangiliklar

Özbekiston va Turkiya örtasida texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, sifat infratuzilmasini takomillaştiriş hamda savdodagi texnik tösiqlarni bartaraf etiş masalalari muhokama qilindi.
Şu maqsadda Özbekiston Respublikasi Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi işçi guruhining Anqara şahrida Turkiya Savdo vazirligi va Turk standartlari instituti (TSE) vakillari bilan uçraşuvlari bölib ötdi.
Muzokaralar davomida ikki mamlakat örtasida texnik jihatdan tartibga soliş, standartlaştiriş, metrologiya, akkreditasiya va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlaş yönalişlarida amalga oşirilgan işlar, erişilgan natijalar hamda istiqboldagi hamkorlik vazifalari atrofliça körib çiqildi.
Ta’kidlanganidek, 2024–2026 yillar davomida ikki tomonlama hamkorlik doirasida qator muhim kelişuvlarga erişilgan. Xususan, 100 nafardan ortiq özbekistonlik mutaxassisning malakasi oşirilgan, Turkiya hamkorligida menedjment tizimlarini sertifikatlaş (IQNET) va halol muvofiqlikni baholaş (HAC) yönalişlarida amaliy natijalarga erişilgan.
Şuningdek, ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantiriş, mahsulotlarning özaro bozorlarga kirişini yengillaştiriş maqsadida muvofiqlikni baholaş sohasidagi hukumatlararo bitim loyihasi hamda mahsulotlar röyxati Turkiya tomoniga taqdim etildi.
Uçraşuvlar yakunida belgilangan yönalişlar böyiça hamkorlikni izçil davom ettiriş, özaro tajriba almaşiş va amaliy loyihalarni kengaytiriş muhimligi qayd etildi.
Mazkur muzokaralar Özbekiston va Turkiya örtasida sifat infratuzilmasini rivojlantiriş, milliy mahsulotlarning xalqaro bozorlarda raqobatbardoşligini oşiriş, eksport salohiyatini kengaytiriş hamda savdodagi texnik tösiqlarni kamaytirişga xizmat qiladi.

