Özbekiston va Germaniya sifat infratuzilmasini rivojlantiriş yönalişidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
2026-11-11 11:00:00 / Yangiliklar

🔵 Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi direktori Ansabxon Zakirov Germaniya Federal fizika-texnika instituti (PTB) loyiha koordinatori Nadin Tatge hamda xalqaro ekspert Dr. Clemens Sanetra bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda Özbekiston va Markaziy Osiyoda milliy sifat infratuzilmasini rivojlantiriş, texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş, soha mutaxassislarining malakasini oşiriş hamda mahalliy sanoat korxonalari bilan hamkorlikni kengaytiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Şuningdek, milliy qonunçilik va muvofiqlikni baholaş mexanizmlarini Jahon savdo taşkiloti (JST) talablariga muvofiqlaştiriş masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, xalqaro tajriba asosida işlab çiqilgan «Mahsulot xavfsizligi töğrisida»gi hamda «Bozor nazorati töğrisida»gi qonun loyihalarining mazmun-mohiyati va ularni takomillaştiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.
Muloqot davomida PTB bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan va istiqbolda rejalaştirilayotgan loyihalar, ilğor xalqaro tajribani milliy amaliyotga joriy etiş hamda sifat infratuzilmasining institutsional salohiyatini mustahkamlaş imkoniyatlari ham körib çiqildi.
🟢Uçraşuv yakunida Germaniya Federal fizika-texnika instituti (PTB) bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş, milliy sifat infratuzilmasini xalqaro talablar asosida takomillaştiriş hamda belgilangan vazifalarni izçil amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.


