Agentlik tizimida yoşlar yetakçilari saralab olindi
2026-11-05 10:00:00 / Yangiliklar

✅ Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi tizimida yoşlar bilan işlaş samaradorligini oşiriş, yoş xodimlarning taşabbus va ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, şuningdek, ularning boşqaruv jarayonlaridagi faol iştirokini ta’minlaş maqsadida rahbarning yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi — yoşlar yetakçisi lavozimiga nomzodlar saralaş tanlovi taşkil etildi.
✅ Tanlovda Standartlar instituti, Özbekiston milliy metrologiya instituti hamda Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasidan tavsiya etilgan nomzodlar iştirok etdi. Nomzodlar tanlov komissiyasi tomonidan suhbat asosida baholandi.
Suhbat jarayonida iştirokçilarning yetakçilik salohiyati, taşabbuskorligi, taşkilotçilik qobiliyati, yoşlar bilan işlaş tajribasi va kelgusida amalga oşirişni rejalaştirgan taklif hamda taşabbuslariga alohida e’tibor qaratildi.
Yakuniy natijalarga köra, özining bilim va salohiyati, faolligi hamda taşabbuskorligi bilan ajralib turgan nomzodlar yoşlar yetakçisi lavozimiga tavsiya etildi.
✅ Mazkur taşabbusdan közlangan asosiy maqsad — tizimda faoliyat yuritayotgan yoş xodimlarning intellektual va kasbiy salohiyatini röyobga çiqariş, ularning ğoya va loyihalarini qöllab-quvvatlaş, yoşlar manfaatlarini ifodalaş hamda Agentlik tizimida yoşlar siyosati samaradorligini yanada oşirişdan iborat.
Saralaş bosqiçidan muvaffaqiyatli ötgan yoş xodimlarga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!





