Ijro intizomi — samarali faoliyat va natijadorlikning muhim mezoni
2026-10-30 12:00:00 / Yangiliklar

🔵O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligida «IJRO.GOV.UZ» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushayotgan topshiriqlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan texnik o‘qish tashkil etildi.
Unda Agentlik markaziy apparatining mas’ul xodimlari ishtirok etib, joriy yilning o‘tgan davrida ijro intizomini mustahkamlash, elektron hujjat aylanishi samaradorligini oshirish hamda yuqori turuvchi tashkilotlar va rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Texnik o‘qish davomida «IJRO.GOV.UZ» tizimida topshiriqlarni ro‘yxatga olish, ijro muddatlarini nazorat qilish, mas’ul ijrochilar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda bajarilgan ishlar yuzasidan aniq va asoslangan ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔴Shuningdek, ijro intizomi faqat belgilangan muddatlarda hisobot taqdim etish bilan cheklanmasligi, balki har bir topshiriqning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda uning to‘liq va natijali bajarilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Ijro jarayonida uchrayotgan muammo va kamchiliklar, ularning oldini olish, mas’ul xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirish hamda nazorat mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
🟢Tadbir yakunida topshiriqlar ijrosini ta’minlash, muddati yaqinlashayotgan vazifalar bo‘yicha doimiy monitoring olib borish, elektron tizimga kiritiladigan ma’lumotlarning aniqligi va sifatini oshirish, shuningdek, ijro intizomi holatini muntazam tahlil qilib borishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
🟤Mazkur texnik o‘qish Agentlik tizimida ijro intizomini yanada mustahkamlash, xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

