Guliston shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-10-29 11:00:00 / Yangiliklar

🔵O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida sayyor qabul tashkil etildi.
🔴Unda hududdagi korxona va tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar hamda jismoniy shaxslarning texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohalariga oid murojaatlari tinglandi.
Qabul davomida sanoat ishlab chiqarish korxonalarida uchrayotgan muammolar va mavjud masalalar atroflicha o‘rganildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, hududdagi korxonalar bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlaridagi muammolariga amaliy yechim topish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🟤Bunday sayyor qabullar hududlarda tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish orqali ishlab chiqarish samaradorligi hamda mahsulotlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.


