Eldridge Industries kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-10-26 10:50:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, Tashqi savdo, investitsiyalar va sanoat vaziri L.Qudratov, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Sh.Vafoyev, “OKMK” AJ boshqaruv raisi A.Xursanov, “O‘zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi B.Abdullayev Eldridge Industries kompaniyasi hammuassisi, raisi va bosh ijrochi direktori Todd Boeli boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Mehmonlarga “OKMK” AJ hamda “O‘zmetkombinat” AJda qilinayotgan ishlar, xorijiy kompaniyalar bilan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda togʻ-kon sanoati, metallurgiya va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari, investitsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

