EY bilan texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi
2026-10-26 09:05:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda O‘zbekistonning texnologiyalar va innovatsiyalar ekotizimini yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bunda sun’iy intellekt, yangi texnologiyalar hamda O‘zbekiston global bozorda raqobatbardosh mavqega ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni aniqlashga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar xalqaro texnologik kompaniyalar va investitsiyalarni jalb qilish, mamlakatning texnologik xizmatlar eksporti salohiyatini oshirish hamda soha ehtiyojlariga mos malakali kadrlar tayyorlash masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Shuningdek, texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni aniq iqtisodiy natijalarga aylantirish, xususan, yangi, yuqori sifatli va yaxshi haq to‘lanadigan ish o‘rinlarini yaratish masalasiga alohida e’tibor berildi.
Vazirlik va EY kompaniyasi hamkorlikni davom ettirish hamda amaliy qadamlarni belgilash, jumladan, IT Park va Enterprise Uzbekistan bilan hamkorlikda ishlash imkoniyatlarini o‘rganishga o‘zaro qiziqish bildirdi. Ushbu hamkorlik O‘zbekistonning uzoq muddatli texnologik rivojlanish maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

