Mangold Consulting GmbH kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-09-10 10:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan taqdimot oʻtkazilib, korxonaning faoliyat yoʻnalishlari, mavjud salohiyati hamda strategik mineral resurslarni oʻzlashtirish va qayta ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Shundan so‘ng, “Mercedes-Benz AG” kompaniyasi vakillari “O‘zbekiston-Germaniya xomashyo muloqoti” mavzusida taqdimot o‘tkazdilar. Taqdimot doirasida tomonlar sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollari, O‘zbekistonning mineral-xomashyo salohiyati, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, texnologik va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Tomonlar togʻ-kon sanoati va strategik xomashyo resurslari sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, istiqbolli yoʻnalishlarni birgalikda oʻrganish hamda oʻzaro muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldilar.
