Xitoylik investorlar bilan paxta sanoatini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik kengaymoqda
2026-07-24 11:25:00 / Yangiliklar

Ushbu uchrashuv doirasida 2025-yil 12-19 iyun kunlari viloyat hokimi boshchiligida Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilgan xizmat safari ham muhokama qilindi.
Safar davomida delegatsiya Xitoyning bir qator shaharlari va yirik kompaniyalari rahbariyatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda “Lihua Group” bilan to‘qimachilik sohasida hamkorlik bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Bu kelishuv asosida Shofirkon va Romitan tumanlarida jami 29 ming gektar cho‘l yerlarini o‘zlashtirish orqali paxta sanoatini rivojlantirish uchun yirik klaster tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Hozirda xitoylik investorlar tomonidan “Jemchujina Romitan” MChJ tashkil etilib, “Varaxsha” cho‘li hududida yerlarni foydalanishga kiritish ishlari faol davom etmoqda. Joriy yil ushbu hududda Xitoyda ishlab chiqilgan paxta navi ekildi va Shinjon texnologiyasi asosida ilg‘or plyonka osti usullari sinovdan o‘tkazilmoqda.
Uchrashuvda hamkorlikni yanada mustahkamlash, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun zarur chora-tadbirlarni belgilash masalalari muhokama qilindi.

