Bavariya hukumati bilan dual taʼlim va talabalar amaliyoti boʻyicha hamkorlikning yangi yoʻnalishlari belgilandi
2026-06-11 09:25:00 / Yangiliklar

Bavariya — Germaniyaning eng kuchli iqtisodiy hududlaridan biri boʻlib, BMW, Audi, Siemens, Siemens, Airbus, Allianz, Munich Re, Adidas, Puma kabi global kompaniyalar Bavariyani Yevropaning yetakchi sanoat, muhandislik, tibbiy texnologiyalar, aerokosmik va moliyaviy markaziga aylantirgan. Bavariya iqtisodiyotining yana bir kuchli tomoni — Mittelstand, yaʼni kichik va oʻrta biznes hamda dual taʼlim tizimidir. Bu modelda yoshlar taʼlim muassasasida nazariy bilim olib, bir vaqtning oʻzida kompaniyalarda amaliy tajriba orttiradi.
Muzokaralar natijasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
- Bavariya hukumati koʻmagida Oʻzbekiston talabalari uchun Bavariya davlat idoralari va tashkilotlarida amaliyot dasturlarini yoʻlga qoʻyish;
- Oʻzbekiston universitetlari bilan Bavariya amaliy fanlar universitetlari oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish;
- dual taʼlim, amaliy muhandislik va sanoat bilan integratsiyalashgan taʼlim dasturlari boʻyicha tajriba almashish;
- Bavariya kompaniyalari bilan talabalar amaliyoti va qoʻshma loyihalar boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish.
Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston yoshlari uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish va taʼlimni real iqtisodiyot ehtiyojlari bilan bogʻlash yoʻlida muhim qadam boʻldi.


