Navoiyda “Top Seven Fighters” professional boks turniri bölib ötmoqda
2026-11-22 18:35:00 / Yangiliklar
Ayni vaqtda Navoiy şahridagi “Söğdiyona” sport saroyida professional boks böyiça “Top Seven Fighters” turniri bölib ötmoqda.

Musobaqaning tantanali oçiliş marosimida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hamda taniqli professional boksçi Şohjahon Ergaşev iştirok etdi.
Mazkur nufuzli sport tadbiri professional boksni yanada rivojlantiriş, iqtidorli sportçilarning mahoratini namoyon etiş, soğlom raqobat muhitini mustahkamlaş hamda yoşlar örtasida sportga bölgan qiziqişni oşirişga xizmat qiladi.
Ayni damda sport saroyidagi qizğin bellaşuvlar boks muxlislariga hayajonli lahzalar va unutilmas taassurotlar taqdim etmoqda.





