Navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2026-09-28 16:00:00 / Mehnat va bandlik

Shuningdek, oktyabr oyida ijrosi ta’minlanishi lozim bo‘lgan 253 ta topshiriq yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berilmoqda.
Mas’ul rahbarlarga ijro intizomini kuchaytirish va topshiriqlarni belgilangan muddatlarda to‘liq bajarish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, viloyat hokimi qabullarida berilgan topshiriqlar ijrosi tanqidiy tahlil etildi.
Joriy yilning 5 sentyabr kunidagi shaxsiy qabulda 17 ta murojaatning 10 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 11 sentyabr kuni Navbahor tumanidagi sayyor qabulda 17 ta murojaatning atigi 7 tasi ijobiy hal etilgani aytib o‘tildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha belgilangan muddatlar o‘tganiga qaramay, mas’ullar tomonidan haligacha ma’lumot taqdim etilmagan.
Mas’ul rahbarlarga murojaatlarni o‘z vaqtida va natijador hal etish, har bir topshiriq ijrosi uchun shaxsiy mas’uliyatni oshirish bo‘yicha qat’iy ko‘rsatmalar berildi.


