Kengsoy kanali: cho‘l hududlarini o‘zlashtirish sari muhim qadam
2026-09-22 15:15:00 / Yangiliklar

Loyihaning birinchi bosqichida Konimex tumanida 9,3 kilometrlik «Kengsoy» kanali qurilib, 3 800 gektar yaylov maydonini suv bilan ta’minlash va qishloq xo‘jaligi aylanmasiga qaytarish ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda tadbirkorlar va tijorat banklari hamkorligida 2 300 gektar maydonda investision loyihalar shakllantirilgan. Ularda chorva uchun ozuqa ekinlari, jumladan, makkajo‘xori va silos yetishtirish, shuningdek, 500 gektar maydonda paxta yetishtirish rejalashtirilgan.
Loyihalar natijasida yiliga 124 ming tonna sifatli chorva ozuqasi ishlab chiqarish, 15 ming bosh mayda va 5 ming bosh yirik shoxli mol uchun bo‘rdoqchilik komplekslarini tashkil etish hamda 400 ta doimiy ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
Hozirda hududda 30 ga yaqin maxsus texnika va 100 nafarga yaqin ishchi faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, 1,6 million kub metrlik rezervuar va 5 ta suv havzasi qurilishi bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda.



