Rossiya elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
2026-10-21 20:15:00 / Yangiliklar va voqealar

2026-yil 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Rossiya Federatsiyasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksey Yerxov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdi. Ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
