O‘zbekiston va AQSh rasmiy xodimlarining oila a’zolarini ishga joylashtirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi
2026-10-19 21:00:00 / Yangiliklar va voqealar

19-oktabr kuni Samarqandda “C5+1” vazirlar uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffarbek Madrahimov hamda AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Samir Pol Kapur O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Hukumati o‘rtasida rasmiy xodimlarning oila a’zolarini ishga joylashtirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Mazkur bitim diplomatik va boshqa vakolatxonalar xodimlarining oila a’zolariga qabul qiluvchi davlat hududida o‘zarolik asosida hamda uning qonunchiligiga muvofiq mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradi.
Bitim xorijda xizmat qilayotgan diplomatik xodimlar oilalarining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash hamda ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
