Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligida xalqaro hamkorlikka oid qator muhim uçraşuvlar bölib ötdi
2026-10-28 20:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, ilğor xorijiy tajribani örganiş va şaharsozlik sohasida zamonaviy yeçimlarni joriy etişga qaratilgan qator uçraşuvlar bölib ötdi.
1. BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ekspertlari bilan uçraşuv
Vazirlik mutasaddilari BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ekspertlaridan iborat işçi guruh vakillarini qabul qildi.
Unda Özbekistonda urbanizatsiya, şaharsozlik, uy-joy, yer resurslarini boşqariş va boşqa tegişli yönalişlarni qamrab oluvçi “Mamlakat profili”ni işlab çiqiş çora-tadbirlari muhokama qilindi.
Şuningdek, vazirlik faoliyatining ustuvor yönalişlari, maqsadli körsatkiçlari hamda istiqboldagi muhim vazifalar yuzasidan maʼlumot berildi. Yakunda şaharsozlik, energiya samaradorligi va raqamlaştiriş yönalişlarida hamkorlikni rivojlantirişga kelişib olindi.
2. Yaponiya delegatsiyasi bilan aqlli şaharlarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi
Yaponiyaning Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi (MLIT) boşçiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uçraşuvda Yaponiya tomonidan ilgari surilgan “Xorijda aqlli şaharlarni rivojlantiriş böyiça hamkorlik tadqiqoti” (Survey on Overseas Smart City Cooperation) loyihasi taqdim etildi.
Muzokaralar davomida Edge AI (çekka hisoblaş asosidagi sunʼiy intellekt) va ilğor aqlli şahar texnologiyalarini joriy etiş orqali Özbekistonda şaharsozlik, transportni boşqariş, raqamli transport tizimlari va turizmni rivojlantiriş masalalari körib çiqildi. Şuningdek, mazkur yönalişlarda samarali yeçimlarni işlab çiqiş va tajriba-sinov loyihalarini amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.
3. Yaponiya Quriliş markazi delegatsiyasi bilan ham uçraşuv ötkazildi
Vazirlik mutasaddilari Yaponiya Quriliş markazi (BCJ) prezidenti Kimixiro Haşimoto boşçiligidagi delegatsiya vakillari bilan uçraşdi.
Unda Özbekiston va Yaponiya örtasida şaharsozlik va arxitektura sohalarida şakllangan uzoq yillik hamkorlik, quriliş meʼyorlarini takomillaştiriş, xususan, binolarning seysmik mustahkamligini taʼminlaş, iqlim özgarişiga mos loyihalaş hamda energiya samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, Yaponiya tomoni Özbekistonning tegişli vazirlik va idoralari bilan hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdor ekanini bildirib, özaro tajriba almaşiş maqsadida seminar hamda treninglar taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi.





