Madaniyat vazirligi xodimlari o‘rtasida stol tennisi musobaqasi bo‘lib o‘tdi
2026-10-20 08:25:00 / Yangiliklar

“Madaniyat xodimlari sport sari” sport musobaqalari doirasida Madaniyat vazirligi xodimlari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar o‘z mahorati, chaqqonligi hamda g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin — Temur Idrisov, Investitsiyalarni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi;
2-o‘rin — Sardor Muqimov, Strategik rejalashtirish, axborot-tahlil va metodologiya bo‘limi yetakchi mutaxassisi;
3-o‘rin — Saidmurotxo‘jayev Saidislomxo‘ja, Buxgalteriya bo‘limi bosh mutaxassisi.
Musobaqa g‘olibi va sovrindorlarini diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash rejalashtirilgan. Mazkur sport tadbirlari vazirlik xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, shuningdek, jamoada do‘stona muhit va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
“Madaniyat xodimlari sport sari” sport musobaqalari boshqa sport turlari bo‘yicha ham davom etadi.






