Madaniyat vazirligida shashka bo‘yicha ayollar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi
2026-10-17 12:40:00 / Yangiliklar
Madaniyat vazirligida vazirlik xodimlari o‘rtasida tashkil etilayotgan “Madaniyat xodimlari sport sari” sport musobaqalari doirasida shashka bo‘yicha ayollar o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqada ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash qobiliyati, strategik yondashuvi hamda tezkor qaror qabul qilish mahoratini namoyon etdilar. Bahslar davomida ishtirokchilar g‘alaba uchun o‘zaro kuch sinashib, musobaqaga ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar quyidagi o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin — Sanobar Yusupova, Yuridik bo‘lim boshlig‘i;
2-o‘rin — Shohida Tursunova, Teatr va sirk san’ati sohasini rivojlantirish bo‘limi volontyori;
3-o‘rin — Ra’no Vahobjonova, Devonxona bosh mutaxassisi.
Musobaqa g‘oliblari va sovrindorlarini diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlash rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, “Madaniyat xodimlari sport sari” sport musobaqalari vazirlik xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoada do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan. Mazkur tashabbus doirasida boshqa sport turlari bo‘yicha ham musobaqalar tashkil etilmoqda.
Bunday sport tadbirlari xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va sportni kundalik hayotning ajralmas qismiga aylantirishga xizmat qiladi.
