Madaniyat vazirligiga 2026-yilning 9 oyida 2 315 ta murojaat kelib tushdi
2026-10-13 15:50:00 / Yangiliklar
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi markaziy apparati, hududiy madaniyat organlari hamda tizim tashkilotlariga jami 2 315 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 715 tasi vazirlik markaziy apparatiga, 854 tasi hududiy madaniyat organlariga va 746 tasi tizim tashkilotlariga to‘g‘ri keladi. Murojaatlarning 819 tasi (35,4 foiz) yozma, 900 tasi (38,9 foiz) elektron va 596 tasi (25,7 foiz) og‘zaki shaklda kelib tushgan. Jami murojaatlarning 2 155 tasi jismoniy shaxslar, 160 tasi esa yuridik shaxslar tomonidan yuborilgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, ularning 1 875 tasi (81 foiz) qanoatlantirilgan, 349 tasiga (15,1 foiz) tushuntirish berilgan hamda 91 tasi (3,9 foiz) boshqa tashkilotlarga yo‘naltirilgan. Hisobot davrida ko‘rmasdan qoldirilgan va rad etilgan murojaatlar mavjud emas.
Murojaatlar yo‘nalishlar kesimida tahlil qilinganda, ta’lim masalalari 28,9 foizni tashkil etgan. Teatr, kino va sirk masalalari 19,5 foiz, madaniyat muassasalari faoliyati 12,9 foiz, mehnat munosabatlari 9,1 foiz, moliya, buxgalteriya va audit masalalari 3,5 foiz, xo‘jalik (uy-joy) masalalari 3,3 foiz hamda konsert-tomosha masalalari 3,1 foizni tashkil qilgan.
Fuqarolar bilan bevosita muloqotni ta’minlash maqsadida hisobot davrida vazirlikning hududiy madaniyat organlari rahbarlari tomonidan joylarda 41 ta sayyor va 48 ta shaxsiy qabul o‘tkazilgan. Ushbu qabullar davomida jami 981 nafar jismoniy va yuridik shaxs vakillari qabul qilinib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar hamda mavjud muammolar yuzasidan tegishli javoblar berilgan.
