Yoshlar - kelajak bunyodkori. Burch masʼuliyati
2026-11-05 23:00:00 / Yangiliklar

Ichki ishlar organlarida xizmat qilish shunchaki kasb emas, balki burch, qalb amri va sadoqat imtihonidir. Ana shunday sharafli yoʻlni tanlagan, yosh, gʻayratli ofitserlardan biri Toshkent viloyati IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori, katta leytenant Asliddin Abduraimovdir.
Yosh xodim dastlabki xizmat faoliyatini Toshkent viloyati IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimida boshladi.
Mashaqqatli xizmat, qatʼiy tar-tib-intizom, yuqori masʼuliyat yosh ofitserning irodasini yanada tobladi. Nazariya va amaliyotni mujassamlashtirgan holda, oʻz zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajarishi rahbariyat va hamkasblari eʼtiboridan chetda qolmadi.
2025-yilning bahoriga kelib, Asliddin Abduraimov hozirgi lavozimiga tayinlandi. Bu butun bir viloyat miqyosidagi yosh xodimlar, tizimga endigina qadam qoʻyayotgan umidli avlod bilan ishlashdek oʻta masʼuliyatli vazifa edi.
Yuragida gʻayrat-shijoat joʻsh urgan katta leytenant bu vazifaga ham astoydil kirishdi. Insonning xizmatdagi va hayotdagi muvaffaqiyatlari, eng avvalo, uning mustahkam oilasiga bogʻliq.
Turmush oʻrtogʻi Madinaxon bilan birgalikda ahil-inoq yashayotgan lavhamiz qahramoni 2025-yilda otalik baxtiga sazovor boʻldi. Xonadonda dunyoga kelgan Aziz-bekning shodon kulgisi uyga ajib bir fayz-baraka baxsh etdi.
Asliddinning zimmasidagi masʼuliyatni, hayotga va Vatanga boʻlgan muhabbatini yanada oshirdi.
Darvoqe, u joriy yilda ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining «Yangi Oʻzbekistonni yoshlar quradi!» shiori ostida oʻtkazilgan VI Respublika yoshlar forumi doirasidagi «Yilning eng faol yoshlar yetakchisi» tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
© «Postda» gazetasi, Abror Poyonov, katta mutaxassis-muxbir, katta serjant. Toshkent viloyati.
