Buxoroda xizmat obyektlari va mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash boʻyicha vazifalar belgilandi
2026-09-13 11:55:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli topshiriqlari hamda davlatimiz rahbarining sohaga oid qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda oʻrganishlar oʻtkazildi.
Tashriflar davomida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Buxoro akademik litseyi, viloyat IIB Tibbiyot boʻlimi, JXX JTSB Patrul-post xizmati batalyoni hamda yangi IIB maʼmuriy binosida olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari, xodimlarning xizmat sharoitlari hamda obyektlarning moddiy-texnik bazasi koʻzdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, obyektlardagi qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish hamda xodimlar uchun munosib xizmat sharoitlarini taʼminlash boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, Vobkent tumanidagi “Moʻminobod” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan muloqot oʻtkazilib, hududdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit, xavfsizlik va obodonlashtirish ishlari holati oʻrganildi. Unda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oqibati bilan emas, balki ularni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlar bilan kurashish zarurligi taʼkidlandi.
Mahallada “xonadonbay” ishlashni samarali tashkil etish, aholi muammolarini joyida hal qilish, xavf guruhiga kiruvchi shaxslar bilan individual profilaktik ishlarni kuchaytirish, shuningdek, videokuzatuv kameralari qamrovini kengaytirish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Tashriflar doirasida tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar ishtirokida yoʻriqnoma oʻtkazilib, piyoda patrullikni kuchaytirish, huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.
Yakunlari boʻyicha xizmat obyektlaridagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, mahallada xavfsiz muhitni taʼminlash hamda aholi bilan manzilli ishlashni kuchaytirish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati









