Surxondaryoda kriminogen vaziyatni yaxshilash masalalari muhokama qilindi
2026-09-08 19:00:00 / Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Botir Qutratxodjayevning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida viloyat Ichki ishlar boshqarmasida yigʻilish oʻtkazildi.
Unda hududdagi kriminogen vaziyatni yanada barqarorlashtirish, shuningdek, zamonaviy tahdidlardan biri boʻlgan kiberjinoyatchilik profilaktikasini kuchaytirish, aholi xonadonlari va obyektlarni qoʻriqlovga olish, jamoat joylarida hamda mahalla hududlarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yigʻilishda aholi osoyishtaligini taʼminlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda profilaktik ishlarni samarali tashkil etish borasida masʼullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Asosiy maqsad — xalq tinchligi, yurt osoyishtaligi va har bir fuqaroning xavfsizligini taʼminlash.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati






