Yoqilgan xazon inson salomatligi uchun qançalik zararli? Mutaxassislar fikri
2026-11-02 21:20:00 / Yangiliklar

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi boş mutaxassisi Alişer Xudoyberdiyevning ta'kidlaşicha, xazonlar yonganida havoga mayda dispers zarraçalar (PM2.5 va PM10), uglerod oksidi va boşqa zararli birikmalar ajralib çiqadi hamda ifloslanişga sabab böladi. Şuningdek, yoniş sababli tuproq yuzasidagi foydali mikroorganizmlar nobud bölib, tuproqning tabiiy unumdorligiga zarar yetadi.
Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi şifokori Muzaffar Karimovning ta'kidlaşiça, xazonlar yoqilganda ajralib çiqqan zararli moddalar nafas orqali inson organizmiga kirib, ayniqsa, bolalar, keksalar va nafas yöllari kasalliklariga çalingan insonlar uçun xavf tuğdiradi. Tutun esa köz açişişi, yötal, nafas qisişi va allergik reaksiyalarni keltirib çiqarişi, astma va boşqa surunkali nafas yöllari kasalliklarini kuçaytirişi mumkin. Mayda zarraçalar öpkaga çuqur kirib, yurak-qon tomir tizimiga ham salbiy ta’sir körsatadi.
Ta'kidlaş joizki, tökilgan barglarni yoqiş örniga ularni kompostga aylantiriş, maydalab tuproq uçun tabiiy öğit sifatida işlatiş mumkin. Bu nafaqat havo ifloslanişining oldini oladi, balki tuproq unumdorligini oşirişga ham xizmat qiladi.
Unutmang! Xazonlarga öt qöyiş bir qaraganda oddiy körinadigan, ammo öta oğir oqibatlarga olib keladigan xavfdir. Şunday ekan, xazonlar, ösimliklar qoldiqlari, şox-şabbalarni yoqmang! Agar şunday holatlarga guvoh bölsangiz, 11-57 qisqa raqami yoki @ecogovuz_bot orqali xabar bering!
