3-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati özgarişi kutilmoqda
2026-11-02 19:20:00 / Yangiliklar

Xususan, 3-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati özgarişi kutilmoqda. Prognozlarga köra, keçki soatlarda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “sezgir guruhlar uçun nosoğlom” darajada bölişi, ayniqsa soat 23:00 dan keyin esa ifloslaniş kuçayişi mumkin.
3-noyabrga ötar keçasi havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “nosoğlom”, milliy havo sifati indeksi böyiça esa asosan “sariq” darajada bölişi kutilmoqda.
Tunda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol hamda kuçli harorat inversiyasi şakllanişi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi. Natijada mahalliy manbalardan çiqarilayotgan ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişi qiyinlaşib, PM2.5 va PM10 zarraçalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanişi uçun qulay şaroit yuzaga keladi.
Şuningdek, havo massalarining sönggi sutka davomida şahar atrofida sekin harakatlangani ham ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişini çeklovçi omillardan biri hisoblanadi.
3-noyabr kuni tonggi vaqtlarda havo sifati asta-sekin yaxşilanişi mumkin. Quyoş çiqqandan keyin havo haroratining kötarilişi va vertikal havo almaşinuvining yaxşilanişi natijasida harorat inversiyasi kuçsizlanadi.
