Bugun keçqurun havo sifati yana özgarişi mumkin
2026-10-30 19:15:00 / Yangiliklar

Prognozlarga köra, keçki soatlarda havo sifati dastlab Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça “sezgir guruhlar uçun nosoğlom” darajada bölib, soat 20:00 dan keyin PM zarraçalari miqdori ortişi kutilmoqda. Tungi va ertalabki soatlarda havo sifati “nosoğlom”, milliy havo sifati indeksi böyiça esa “zarğaldoq” darajada bölişi mumkin.
Tunda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va kuçli harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi. Uşbu şaroit mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan taşlamalarning tarqalişi susaytirib, PM zarraçalari yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanib qolişi mumkin.
Kunduzi havo haroratining kötarilişi va vertikal havo almaşinuvi yaxşilanişi natijasida inversiya kuçsizlanib, havo sifati yaxşilanişi kutilmoqda.
