Zarafşon milliy tabiat boğidagi fotoqopqonga Buxoro buğusi muhrlandi
2026-10-26 10:30:00 / Yangiliklar
Buxoro buğusi yöq bölib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur sifatida Özbekiston Qizil kitobi, CITESning II Ilovasi va transçegaraviy köchib yuruvchi tur sifatida Bonn Konvensiyasiga kiritilgan. Qayir töqayzorlari, ba'zan ularga yondosh qumli chöllarda yashaydi. Toğ daryolari vodiysidan toğ etaklariga chiqishi kuzatilgan. Yozda tunlari, qişda esa kunduzi ham faol. Daraxt, buta, ötsimon ösimliklar bilan oziqlanadi.
Buxoro buğusi bioxilma-xillikni asraşda muhim ahamiyatga ega. U ösimliklar bilan oziqlanishi orqali töqay örmonlaridagi tabiiy ekologik jarayonlarda iştirok etib, ekotizim muvozanatini saqlaşga hissa qöshadi. Uning yaşaş muhitini muhofaza qiliş esa şu hududda yaşovchi boşqa hayvon va ösimlik turlarini ham himoya qiliş imkonini beradi. Xongulni asrab-avaylaş Markaziy Osiyoga xos noyob fauna vakillarini kelajak avlodlarga yetkaziş, şuningdek, migratsiya hududlarini muhofaza qiliş borasida Özbekiston va mintaqaning boşqa davlatlari örtasidagi ekologik hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Ma'lumot uchun, Zarafşon milliy tabiat boği 2018-yilda Samarqand viloyatida taşkil etilgan. Umumiy yer maydoni 2426,4 gektarni taşkil etadi.
