Ekologiya qo‘mitasida kitob yarmarkasi o‘tkazildi
2026-10-24 14:45:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Ekologiya qo‘mitasi va tizim tashkilotlarida kitobxonlikni rivojlantirish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Tashkilotlar binolarida “Kitob burchaklari” tashkil etilgan, oyning bir kuni kitob mutolaasi va fikr almashish soati deb belgilangan. “Kitob o‘qish soati”da rahbar va xodimlar kitob mutolaasi bilan band bo‘lishi bilan birga, o‘z ustida ishlashi uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan. Tizim tashkilotlarida “Eng yaxshi kitobxon xodim”, “Eng kitobxon oila” tanlovlari o‘tkazilib, g‘oliblar rag‘batlantirib borilmoqda. Muntazam tashkil etilayotgan kitob yarmarkalari esa xodimlar o‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bu galgi yarmarkada “O‘zbekiston” nashriyot matbaa-ijodiy uyi va “Sharq” nashriyot matbaa aksiyadorlik jamiyati o‘zlarining badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy va bolalarga mo‘ljallangan kitoblari bilan qatnashdi.
Yarmarkada qo‘mita va tizim tashkilotlari xodimlari o‘zlariga manzur bo‘lgan keng turdagi va qiziqarli kitoblarni xarid qildilar.









