“World cleanup day”: ommaviy plogging eko-aksiyasida faol qatnashing
2026-09-17 11:05:00 / Yangiliklar

19-sentabr kuni soat 11.00 da Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tizimidagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan respublikamizning barcha hududlarida “Hayot uchun joy ajrating!” ommaviy plogging eko-aksiyasi tashkil etiladi.
Aksiya “World cleanup day-2026” (“Butunjahon tozalik kuni”) munosabati bilan jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari, davlat idoralari va xususiy tadbirkorlik subyektlarini atrof-muhitni chiqindilardan tozalash maqsadida birlashtirishga qaratilgan.
Ekoaksiya respublikamiz bo‘ylab quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi — Nukus shahri, Doʻstlik kanali boʻyi “Xalqlar doʻstligi” MFY;
2. Andijon viloyati — Andijon tumani, Bobur shahri, Yangi Andijon massivi;
3. Buxoro viloyati — Buxoro viloyati, Somoniylar bogʻi “Havzi Nav” MFY;
4. Jizzax viloyati — Sharof Rashidov tumani, "Gʻozgʻontepa" MFYdagi M-39 avtomagistral yoʻlining Jizzax-Dashtobod yoʻnalishining boshlanishi;
5. Qashqadaryo viloyati — Koʻk dala tumani, Qoʻngʻirot togʻ massivi;
6. Navoiy viloyati — Navoiy shahar, Alisher Navoiy istirohat bogʻi “Humo” MFY;
7. Namangan viloyati — Namangan shahar, Z.Bobur nomli madaniyat va istirohat bogʻi;
8. Samarqand viloyati — Samarqand shahar, Toshkent koʻchasi, “Afrosiyob” MFY;
9. Sirdaryo viloyati — Gulistonshahar, “Bo‘ston” MFY;
10. Surxondaryo viloyati — Termiz shahar, “Amu -sohil”oromgohi, “Guliston” MFY;
11. Toshkent viloyati — Bo'stonliq tumani, "Chimgan" MFY;
12. Toshkent shahar — Yakkasaroy tumani, “Yunus Rajabiy” MFY Sharshara koʻchasi;
13. Fargʻona viloyati — Fargʻona shahar, Sakkokiy koʻchasi 3 uy “YANGIARIQ” MFY;
14. Xorazm viloyati — Urganch shahri, Pahlavon Mahmud koʻchasi “Navbahor” MFY.
Barchangizni ushbu eko-aksiyada faol ishtirok etishga chaqiramiz! Safimizga qo‘shiling, aksiyada faol ishtirok eting va atrof-muhitni toza saqlashga o‘z hissangizni qo‘shing.
