Yangi O‘zbekiston qurilishida ekologik omillarga alohida e'tibor qaratilishi ta'kidlandi
2026-09-15 11:40:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Toshkentda shaharsozlik va ekologiya bilan bog‘liq bugungi vaziyatga alohida e'tibor qaratildi. Shahar kelajagi har qachongidan ham jiddiy e’tibor va tahlilni talab qilishi ta'kidlandi. Shuningdek, yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishga xizmat qilishi, qo‘shimcha nomutanosiblik keltirib chiqarmasligi va hududiy tizimlarni ortiqcha zo‘riqtirmasligi kerakligi qayd etildi.
Qolaversa, Toshkentni yanada qulay, ko‘rkam, ozoda va xavfsiz maskanga aylantirish niyatida bo‘lgan biznes vakillari qo‘llab-quvvatlanishi, aynan shunday yondashuv Yangi O‘zbekiston siyosatiga to‘la mos kelishi, bunday tashabbuskor biznesni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash — Prezident tomonidan yuklatilgan eng asosiy vazifalardan biri ekanligi aytib o‘tildi.






