“Startaplar mamlakati: ICT Week Uzbekistan 2026” dunyoning yetakchi ekspertlari, startaplar va texnologik kompaniyalarni bir maydonda birlashtiradi
2026-09-21 14:00:00 / Press-relizlar

Amazon, Apple, Nvidia, Meta, Oracle, Huawei, ZTE, Coursera kabi gigantlar — ICT Week Uzbekistan 2026 ishtirokchilari!
200 dan xorijiy va mahalliy IT kompaniyalarining ko‘rgazma stendlari, 2 000 dan ziyod xorijiy mehmon va investorlar, 200 dan ortiq spiker va ekspertlar, shuningdek 1000 dan ortiq startaplar bir joyga jamlanadi.
ICT Week Uzbekistan — bu faqat yirik texnologik tadbir emas. U mamlakatimizda yuzaga kelayotgan global o‘zgarishlarni yaqqol namoyon etadigan, xalqaro ishonchning ramzi va kelajak texnologiyalarini muhokama qiladigan noyob platforma hisoblanadi.
To‘rt kun davomida haftalikda 25 000 dan ortiq tashrif buyuruvchi ishtirok etadi, ekspo ishtirokchilarining 55 foizini xorijiy kompaniyalar tashkil etadi. Dastur doirasida 20 dan ortiq xalqaro forum va sammit o‘tkaziladi.
Shuningdek, 15 000 kv.m maydonda ishlaydigan ICT Expo – 2026 ko‘rgazmasi davomida AI, Blockchain, IoT, FinTech, E-commerce va GameDev sohalaridagi eng so‘nggi yangiliklar namoyish etiladi.
Haftalikning asosiy yo‘nalishlari: startaplar, sun’iy intellekt va inson kapitaliga investitsiyalar, IT eksport hamda raqamlashtirish.
Tadbirga 30dan ortiq xalqaro va mahalliy Venture fondalari - Princeville Capital, Golden Gate Ventures, Pegasus Tech Ventures, Gobi Partners, Hypernova Capital, Alchemist, Purple VC, Domino Ventures, Leo Capital, ThinKuvate Ventures, Tenity, IT Park Ventures, Aloqa Ventures kabi venchur fondlar O’zbekistondagi Startupni qo’llab quvvatlash va moliyalashtirish uchun ishtirok etishadi.
“Startaplar mamlakati” mavzusi doirasida haftalikda 1000 dan ortiq startap ishtirok etadi. Startaplar uchun maxsus zonalar — “Startaplar xiyoboni” (Startup Alley) va Pitch Zone tashkil etilib, yosh texnologik jamoalarga o‘z loyihalari, mahsulotlari va innovatsion yechimlarini keng auditoriyaga taqdim etish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, haftalikning biznes dasturi doirasida Founder Pitching sessiyasi o‘tkazilib, startaplar o‘z loyihalarini 30dan ortiq xalqaro va mahalliy Venture fondalari hamda mahalliy investorlarga taqdimot qilish rejalashtirilgan.
Dastur doirasida qator yirik tadbirlar tashkil etiladi:
22-sentabr
Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrigi o‘qiladi, “O‘zbekiston – startaplar mamlakati” maxsus videoroliki namoyish etiladi hamda raqamli texnologiyalar vaziri — Bosh axborot direktori Sherzod Shermatov nutq so‘zlaydi. Marosimda Uzum, Enterprise Uzbekistan, ZTE, Huawei, DataVolt rahbarlarining chiqishlari bo‘lib o‘tadi.
Shu kuni IT Park hamkorlari ishtirokida Startup & Venture Summit, “From Research to AI Startups” sessiyasi, JETRO hamkorligidagi O‘zbekiston–Yaponiya biznes uchrashuvi, O‘zbekiston–Yaponiya raqamli jamiyati forumi hamda ZTE boshchiligidagi zamonaviy infratuzilma bo‘yicha sessiyada ishtirok etishingiz mumkin. To‘liq dastur ushbu havolada: Dastur
23-sentabr
Enterprise Uzbekistan Sammiti, IT Education Forum, sun’iy intellekt va etika bo‘yicha xalqaro ekspertlar konferensiyasi, Future Intelligence Forum, Global Scale Conference, Raqamli investitsiyalar forumi, O‘ztelekom ishtirokida biznes uchun infratuzilma sifatida SI sessiyasi hamda IT Park hamkorlari ishtirokida Turkiy Davlatlar Tashkiloti hududida innovatsion ekotizimni shakllantirishga bag‘ishlangan sessiya bo‘lib o‘tadi. Kun StartupBlink tomonidan “Global Startup Ecosystems Award” taqdirlash marosimi bilan yakunlanadi. Dastur
24-sentabr
IT Park, Limpid VC va Pegasus Tech Ventures ishtirokida Startup World Cup, Uzum ishtirokidagi “Sanoatdan platformalargacha” forumi, IT Park ishtirokida GCC Forum — Yaqin Sharq Texnologiyalar Sammiti, AI Native Session hamda MyGov ishtirokidagi “Raqamli davlat” forumlarida ishtirok etishingiz mumkin.
25-sentabr
Haftalikning so‘nggi kunida IT Park hamkorlari ishtirokida AWS Community Day, Ignite Challenge hamda hamkor kompaniyalarning taqdimotlari bo‘lib o‘tadi. ICT Expo – 2026 ko‘rgazmasi soat 17:00 gacha ishlaydi.
Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar 4 kun davomida 15 000 kv.m maydonda qad rostlagan so‘nggi va zamonaviy texnologiyalarni o‘z ichiga olgan ICT Expo – 2026 ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirishlari va eng so‘nggi soha yangiliklaridan xabardor bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.
22–25-sentabr kunlari tashrif buyuruvchilarning borib-kelishlariga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi manzillardan BEPUL maxsus avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi:
- “Buyuk ipak yo‘li” metro bekati (Dog‘iston ko‘chasi)
- “O‘zbekiston” mehmonxonasi
- IT Park Uzbekistan (Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi, 4-uy)
- Janubiy vokzal.
Eslatib o‘tamiz, Haftalik O‘zbekistonni axborot texnologiyalari sohasidagi mintaqaviy markaz – AT-xabga aylantirish, mamlakat AT xizmatlari eksportini oshirish, tajriba almashish uchun platforma yaratish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning so‘nggi yutuqlari hamda AT bozorining xorijiy investorlar uchun jozibadorligini namoyish etish maqsadida 2004-yildan beri o‘tkazib kelinmoqda.
Bu yilgi “Land of Startups” mavzusi doirasida ICT Week startaplar uchun nafaqat o‘z loyihalarini namoyish etish, balki investorlar, texnologik kompaniyalar va potensial hamkorlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish uchun ham imkoniyat yaratadi. To‘rt kun davomida texno-hafta jahon ekspertlari, startaplar, investorlar, yirik kompaniyalar va hukumat vakillarini bir maydonga to‘plab, sun’iy intellekt va kelajak texnologiyalari haqida eng dolzarb masalalarni muhokama etadi.
ICT Week Uzbekistan 2026 – bu nafaqat innovatsiyalar va yangicha yechimlarni namoyish qilish maydoni, bu startaplar uchun o‘z mahsulotlarini namoyish etish, investorlar va hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish, yangi bozorlarga chiqish hamda O‘zbekistonning mintaqaviy IT-xabga aylanishi yo‘lidagi muhim qadam hamdir.
Forumda AQSH, Xitoy, Yaponiya, Gruziya, Oman, Turkiya, Tojikiston va Rossiya milliy stendlari ushbu davlatlarning eng zamonaviy ishlanmalarini namoyish qiladi.
Bu tadbir – texnologiyalar sohasidagi eng yangi trendlardan xabardor bo‘lish, balki kelgusi hamkorlik uchun aloqalar o‘rnatish, startaplar va investorlar bilan uchrashish, yangi bozorlarga chiqish va raqamli kelajakning bir qismiga aylanish imkoniyatini beradi.
ICT Week Uzbekistan 2026ga qo‘shiling va global IT hamjamiyatining ajralmas qismiga aylaning!
Ro‘yxatdan o‘tish: https://ictweek.uz/uz/register/visitor
+998 55 511-07-77
info@ictweek.uz | info@ite-association.uz
Axborot xizmati
