NEGA YIRIK AKTIVLARNI XUSUSIYLAŞTIRIŞ ALOHIDA YONDAŞUVNI TALAB QILADI?
2026-11-20 09:15:00 / Yangiliklar

Yirik aktivlarni xususiylaştiriş jarayoni oddiy köçmas mulk obyektlarini sotişdan tubdan farq qiladi. Bunday obyektlarning iqtisodiyotdagi ahamiyati yuqori ekani, şuningdek, ularning faoliyati atrofida köplab turdoş tadbirkorlik subyektlari şakllanganini inobatga olgan holda, mazkur masala puxta öylangan strategik qadamlarni talab etadi. Bunda ularning asosiy xaridorlari sifatida mahalliy tadbirkorlar bilan birgalikda yirik xorijiy investorlar va xalqaro kompaniyalar ham maydonga çiqişi közda tutiladi.
Davlat aktivlari agentligi tomonidan har bir yirik aktivni savdoga çiqarişdan oldin uni xususiylaştiriş strategiyasi işlab çiqiladi. Uşbu jarayon bir neça bosqiçdan iborat bölib, muayyan vaqtni talab qilişi mumkin. Xususan, tijorat banklari misolida aytadigan bölsak, yillar davomida töplanib qolgan muammoli aktivlar ularning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirişi tabiiy. Bunday holatlarda xalqaro maslahatçilar jalb etiladi, çuqurlaştirilgan audit ötkaziladi hamda bank faoliyatini moliyaviy soğlomlaştiriş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşiriladi.
Yana bir muhim jihat köp yillik tarixga ega korxonalar balansida saqlanib kelayotgan nosohaviy obyektlar bilan boğliq. Dam oliş maskanlari, tibbiyot muassasalari va çorvaçilik majmualari kabi aktivlarni töğridan-töğri xususiylaştirişga çiqariş korxonaning umumiy investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Şu bois, dastlab korxonalarni asosiy faoliyat yönalişiga taalluqli bölmagan hamda rentabellik darajasi past aktivlardan ajratiş, muammoli bölinmalarni moliyaviy soğlomlaştiriş va ularni faol iqtisodiy aylanmaga jalb etiş bosqiçlari ötkaziladi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş va xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 177-sonli Farmoni bilan bu borada bir qator muhim imtiyozlar belgilab berilgan. Jumladan, farmonning 5-bandiga muvofiq, tijorat banklari muammoli aktivlarini soğlomlaştiriş va tezkor realizatsiya qiliş uçun qulay soliq va huquqiy şaroitlar yaratilgan. Uşbu mexanizmlarga muvofiq, banklar va investorlar balansiga qabul qilinadigan, şuningdek, xaridorlar tomonidan sotib olinadigan köçmas mulk obyektlari belgilangan muddat davomida mol-mulk va yer soliğidan ozod etiladi. Bundan taşqari, mulkini banklarga ixtiyoriy ravişda topşirgan şaxslar qöşilgan qiymat soliğini (QQS) tölaşdan ozod qilinadi. Banklar uçun esa soliqni faqat mol-mulkni sotiş narxi bilan uning balans qiymati örtasidagi ijobiy farqdan kelib çiqqan holda hisoblaş tartibi belgilanadi. Şuningdek, garovga qöyilgan mol-mulkni rasmiylaştirişda soliqlar va boşqa majburiy tölovlar böyiça ilgari mavjud bölgan çeklovlar bekor qilinadi.
Mazkur çora-tadbirlarning amaliyotga tatbiq etilişi yirik aktivlarni iqtisodiy aylanmaga yanada qisqa muddatlarda va samarali jalb etiş, ularning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş hamda mamlakatimizda barqaror iqtisodiy ösişni ta’minlaşga xizmat qiladi.
Davlat aktivlari agentligi
Matbuot xizmati
