Namangan viloyatining iqtisodiy salohiyatini röyobga çiqariş böyiça ustuvor vazifalar belgilandi


Özbekiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri
Keyingi yillarda mamlakatimizda turar-joylar, ijtimoiy-maishiy obyektlar qurilishini rivojlantirish, muhandislik-kommunikasiya va yo‘l-transport infratuzilmalarini yangilash maqsadida olib borilayotgan yaratuvchilik ishlari natijasida shaharlar va qishloq aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda. Bunyodkorlik sohasiga oid barcha chora-tadbirlar Shaharsozlik kodeksi va shaharsozlik norma va qoidalari asosida tizimli olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi "Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023 — 2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-299-son qarori imzolandi.
2024-yil 24-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 880-son qarori qabul qilindi.
Mamlakatimizda aholini sifatli ichimlik suv bilan ta'minlash, suv va kanalizasiya tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, ichimlik suv ta'minoti va oqova suv ob'ektlarini davlat tomonidan tartibga solish, boshqarish va ekspluatasiya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida hududiy suv ta'minoti korxonalarini birlashtirgan holda “O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida ichimlik suv ta'minoti, kanalizasiya tizimlarini modernizasiya qilish uchun respublika byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalar, mahalliy byudjetlar hamda xalqaro moliya institutlari hisobidan yetarlicha mablag‘lar ajratib kelinmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 339328,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2025- yilning mos davriga nisbatan 12,3% ga oshgan.
2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda qurilish ishlari iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:
- qurilish ishlarining umumiy hajmida bino va inshootlar qurilishining ulushi 71,1 foizni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2025-yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 106,3 foizni tashkil etdi;
- fuqarolik obyektlari qurilishining ulushi 18,8 foizni tashkil etib, 2025-yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o‘sish sur’ati 129,3 foizni tashkil etdi;
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlarining ulushi 10,1 foizni tashkil etib, 2025-yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o‘sish sur’ati 133,0 foizni tashkil etdi.
2026-yilning yanvar-sentyabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy narxlarda 89542,7 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ularning jamiga nisbatan ulushi 26,4% ni tashkil etib, 2025-yilning yanvar-sentyabriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,6% ni tashkil etdi.
Kichik korxona va mikrofirmalarning qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 50,6% ni tashkil etdi. Ular tomonidan bajarilgan ishlar hajmi joriy narxlarda 171669,8 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2025-yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 117,1 foizga yetdi.
Jami qurilish ishlarining 23,0% i aholi tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Joriy narxlarda hajm 78115,7 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2025-yilning yanvar-sentyabriga nisbatan 111,7 foizni tashkil etdi.