Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
2026-10-26 16:00:00 / News
Qabulni tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i H. Maxmudova o‘tkazdi.

Tuman Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan navbatdagi shaxsiy qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabulni tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i H. Maxmudova o‘tkazdi.
Shaxsiy qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, mavjud muammolar va takliflar bilan murojaat qildilar. Har bir murojaatni diqqat bilan tinglash, muammolarning kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar belgilashga alohida e’tibor qaratildi.





